Matnni takomillashtirilgan alifboga oʼgiring — ğ ö ş ç
Matnni qoʼyasiz, «Oʼgirish»ni bosasiz. Yoʼnalishni oʼzi aniqlaydi; e, c, ъ kabi qiyin harflar soʼz oʼrniga qarab rasmiy qoidalar boʼyicha oʼtadi.
Matn
0 belgi
Natija
0 belgi
Kunlik chegara tugadi
Premium olish
Qoʼlda yozish uchun:
Alifbo jadvali
Kirill harfining lotincha muqobili. Takomillashtirilgan toʼrt harf ajratib koʼrsatilgan.
yangi harf
soʼz oʼrniga qarab oʼzgaradi
Qiyin holatlar
е ye / e
Soʼz boshida, unlidan yoki ъ / ь dan keyin — ye. Boshqa oʼrinda — e.
ер → yerКелди → keldiц s / ts
Unlidan keyin, soʼz oxirida boʼlmasa — ts. Boshqa oʼrinda — s.
лицей → litseyцемент → sementконцерт → konsertабзац → abzasъ ʼ
Soʼz oʼrtasida tutuq belgisi. Soʼz boshi va oxirida tushib qoladi.
маъно → maʼnoтаъсир → taʼsirь —
Tushib qoladi.
апрель → aprelAa katta harf
Oʼzi toʼgʼrilanadi — bosh harfli va butunlay katta yozilgan soʼzlar alohida ishlanadi.
Ёзув → YozuvЁЗУВ → YOZUVЧОЙ → ÇOYBilib qoʼyish kerak
- Soʼzning tilini ajratmaydi. Kirill matn ichidagi ruscha jumlalar ham lotinga oʼtadi. Aralash hujjatda kerakli qismini alohida oʼgiring.
- «Eski → Yangi» rejimida inglizcha soʼzlar. sh va ch birikmalari inglizchada ham uchraydi: show → şow. Bu rejimni butun matnga emas, oʼzbekcha qismiga qoʼllang.
- Teskari yoʼnalish toʼliq qaytmaydi. ь lotinda izsiz yoʼqolgani uchun сентябрь → sentyabr → сентябр. Bu alifboning oʼz xususiyati.
- Chegaralar. Bitta soʼrovda 1 200 belgi — taxminan yarim bet. Uzun matnni boʼlib yuboring. Kunlik hisob soʼz bilan: mehmonga 300, Telegram orqali kirganga 1 500, premiumga cheksiz. Sutka Toshkent vaqti bilan yarim tunda yangilanadi. Fayl yuklashda chegara — 5 MB.
- Matn serverda oʼgiriladi. «Oʼgirish» bosilganda matn shifrlangan ulanish orqali serverga boradi — kunlik chegara shu yerda hisoblanadi. Bepul foydalanuvchining matni saqlanmaydi, faqat soʼzlar soni yoziladi. Premiumda esa tarix ataylab saqlanadi va uni «Hisob» sahifasidan istagan payt oʼchirib tashlash mumkin.
- Shrift muammosi yoʼq. ğ ö ş ç — standart Unicode belgilari, Times New Roman, Arial, Calibri kabi hamma oddiy shriftlarda mavjud.